35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY YORDAM VA XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN MAQOLALAR “TOSHLOQ TONGI” GAZETASIDA CHOP ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA” DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
TOSHLOQ TUMANIDA DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISINING HAMKORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA YOSHLARNI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA E’TIBOR QARATILMOQDA.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi

Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Tamanno Ashurova tomonidan hududdagi aholini ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Deputat tomonidan joylarga chiqib o‘rganilgan va tuman mas’ullari e’tiboriga havola etilgan 3 ta asosiy masala:
Yo‘l muammosi: Ta’mirtalab ko‘chalar
"Tojikobod" mahallasi tarkibidagi Mustaqillik, Navobod va Bahoriston ko‘chalari yo‘llarining yaroqsiz holga kelib qolgani aholi, ayniqsa, maktab o‘quvchilari va keksalar harakati uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Uzun tumani hokimligi qoshidagi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i v.b. F.Kenjayevga.

Mazkur ko‘chalarning qatnov qismini qayta ta’mirlash va aholi uchun xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish.

Eskirgan simyog‘ochlar xavfi
"Tojikobod" mahallasida mavjud elektr simyog‘ochlari (ustunlari) yillar davomida eskirib, chirigan, yorilgan va simlar osilib qolgan. Bu holat kuchli shamol va yomg‘irli kunlarda qisqa tutashuvlarga, elektr uzilishlariga va eng yomoni — yosh bolalar hayotiga jiddiy xavf solmoqda.

Uzun tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i A.G‘afforovga.
Eskirgan yog‘och ustunlarni ko‘zdan kechirib, ularni zamonaviy temir-beton ustunlarga almashtirish hamda simlarni tartibga keltirish.

"Tojikobod" mahallasining Mustaqillik va Navobod ko‘chalarida yashovchi fuqarolar tomonidan markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘i mavjud emasligi bo‘yicha takroriy murojaatlar kelib tushgan. Toza ichimlik suvi yo‘qligi aholining sanitariya-gigiyena holatiga va kundalik turmush tarziga juda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

"Surxondaryo suv ta’minoti" AJ Uzun tumani suv ta’minoti bo‘limi boshlig‘i I.Doniyorovga.

Ko‘chalarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

Qonuniy muddat va mas’uliyat:
"Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunga asosan, mutasaddi tashkilot rahbarlari ushbu so‘rovlarga 10 kundan kechiktirmay yozma ravishda javob berishlari shart.

Deputat so‘rovini e’tiborsiz qoldirish yoki qonuniy muddatlarni sababsiz buzish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga ko‘ra, mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.