35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY YORDAM VA XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN MAQOLALAR “TOSHLOQ TONGI” GAZETASIDA CHOP ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA” DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
TOSHLOQ TUMANIDA DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISINING HAMKORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA YOSHLARNI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA E’TIBOR QARATILMOQDA.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

🔹Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

KUN TARTIBI:

1-masala:
Olmazor tumanida Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

2-masala:
Olmazor tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

3-masala:
Olmazor tumanida Qurilish materiallari sanoatini iqtisodiy salohiyatini safarbar etish va boshqaruvda natijadorlikka qaratilgan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish, tumandagi mavjud iqtisodiy va sanoat zaxiralarini ishga solish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, investitsiya jalb qilish, import o‘rnini bosish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha “Chora tadbirlar rejasi” to‘g‘risida;

4-masala:
Olmazor tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha olib borayotgan ishlar tahlili to‘g‘risida;

5-masala:
Olmazor tumani maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirishda olib borayotgan ishlar tahlili to‘g‘risida;

6-masala:
Olmazor tumani Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Olmazor tumanidagi ijrosi yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida;

7-masala:
Olmazor tumani mahalliy budjetining 2026-yil
I chorak yakunlari boʻyicha mahalliy budjet daromadlar prognozi va xarajatlar koʻrsatkichlari ijrosi va aniqlangan qoʻshimcha zaxiralar toʻgʻrisida.

⚡️ Yig'ilish kun tartibiga muvofiq, 7 ta muhim masalalar ko'rib chiqilib, mas'ul tashkilot rahbarlarining hisobotlari komissiya raislari va a'zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi va ma'qullandi hamda navbatdagi sessiyaga kiritildi.

Slide 1 of 8