Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY YORDAM VA XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN MAQOLALAR “TOSHLOQ TONGI” GAZETASIDA CHOP ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA” DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
TOSHLOQ TUMANIDA DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISINING HAMKORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA YOSHLARNI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA E’TIBOR QARATILMOQDA.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi davr boshlanmoqda

Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi davr boshlanmoqda
Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangan yangi qonun bilan mahalliy vakillik organlari boshqaruviga samarali mexanizmlar joriy etilmoqda. Islohotlarning bosh maqsadi — “Kuchli Kengash – hisobdor hokim” tamoyilini hayotga tatbiq etishdir.

Asosiy o‘zgarishlar:
Yangi lavozim: Kengash raisi o‘rinbosari instituti joriy etilib, u Kengash kotibiyatiga ham rahbarlik qiladi.

Uzluksiz faoliyat: Kengash rahbariyati va partiya guruhlaridan iborat Kengash Rayosati tashkil etiladi.

Tezkor nazorat: “Kengash soati” orqali deputatlar aholi muammolari bo‘yicha mutasaddilardan tezkor javob olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ushbu yangiliklar hududiy muammolarni hal etishda Kengashlar rolini oshirish va davlat hokimiyatida o‘zaro muvozanatni mustahkamlashga xizmat qiladi.