Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va 24 ta muhim tavsiya ijrosi o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy himoya va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash va infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va qozonxonalar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorining ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Imtiyozli kredit va limonchilik yo‘nalishi: Besarang mahallasidagi mikroloyihalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar atrofida bunyodkorlik ishlari: “Do‘stlik” MFYdagi o‘rganishlar tafsilotlari
янв.21
2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi
Manzilli ijtimoiy yordam — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida deputat “To‘xlimergan” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, davlat tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatib kelinayotgan fuqaro — X.Umarov ko‘chasi 1-tor, 23-uyda yashovchi A.Meliqo‘ziyev xonadonida bo‘ldi.

Uchrashuv davomida fuqaro bilan yaqindan suhbat o‘tkazilib, unga hududdagi ijtimoiy xodim tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar hamda moddiy ko‘maklarning sifati va o‘z vaqtida yetkazib berilishi masalalari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, xonadonning yashash sharoiti, oilaning ehtiyojlari va mavjud muammolari o‘rganilib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat g‘amxo‘rligi samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida deputatga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassis A.Adxamov hamrohlik qildi.

Ta’kidlanganidek, bu kabi xonadonbay o‘rganishlardan asosiy maqsad — ijtimoiy xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash, ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini joyida aniqlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj har bir fuqaroning davlat g‘amxo‘rligini amalda his etishini ta’minlashdan iboratdir.

Mahallabay va manzilli ishlash tizimi asosida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2