Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va 24 ta muhim tavsiya ijrosi o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy himoya va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash va infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va qozonxonalar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorining ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Imtiyozli kredit va limonchilik yo‘nalishi: Besarang mahallasidagi mikroloyihalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar atrofida bunyodkorlik ishlari: “Do‘stlik” MFYdagi o‘rganishlar tafsilotlari
янв.21
2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi
21-Istiqlol saylov okrugi deputati N.Raxmatov Istiqlol MFY ijtimoiy xodimning ish hujjatlarini olib borish tartibi bilan tanishdi.

21-Istiqlol saylov okrugi deputati N.Raxmatov hamda Xalq deputatlar tuman Kengashi kotibiyat mutaxassisi Sh.Tog’ayevlar tomonidan Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati hamda xizmat hujjatlarini yuritish tartibi atroflicha o’rgandi.

O’rganish jarayonida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish sifati, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash holati, murojaatlarni qabul qilish va ularning ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, elektron va yozma ma’lumotlar bazasi, fuqarolar murojaatlarini qayd etish daftarlari hamda hisobot hujjatlarining belgilangan tartib asosida olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida mahalladagi kam ta’minlangan, nogironligi bo’lgan shaxslar, yolg’iz keksalar va ijtimoiy ko’makka muhtoj oilalar bilan ishlash tizimi, ularga amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ijtimoiy xodim tomonidan fuqarolarning muammolarini o’rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, shuningdek, davlat tomonidan berilayotgan ijtimoiy xizmat va

imtiyozlardan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan

ishlar haqida ma’lumot berildi.

Deputat N.Raxmatov tomonidan ijtimoiy xizmat sohasida hujjatlarni to’g’ri va tizimli yuritish, aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish hamda manzilli ishlash muhim ekani ta’kidlandi. Shu bilan birga, ijtimoiy sohadagi ish samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o’z vaqtida bartaraf

etish va xizmat sifatini yanada yaxshilash bo’yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Bunday o’rganishlar mahallalarda ijtimoiy xizmat tizimini yanada takomillashtirish, aholining davlat va jamoat tashkilotlariga bo’lgan ishonchini mustahkamlash hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
 

Slide 1 of 1