Konimex tumanidagi mahalla va ovullarda aholi bandligini ta’minlash, oilaviy daromadini oshirish orqali kambagʻallikdan olib chiqish, tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali "kambagʻallikdan tadbirkorlikka" tamoyili asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanning "Yangiqazg‘an" ovulida tuman Kengashi deputati Ruslan Ro'ziyev, S.Napisova hamda tegishli tashkilotlar rahbarlaridan iborat ishchi guruh aholi xonadonlarida bo‘ldi. Jarayonda ularning daromadi, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati yaqindan o‘rganildi va tegishli mas’ullar bilan muammolar hal etish choralari ko'rildi.