Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KONIMEX TUMANIDA OLIS YANGIQAZG'AN OVULIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI YAXSHILANMOQDA

               Konimex tumanida aholiga qulaylik yaratish, tibbiyot muassasalari faoliyatini takomillashtirish yo‘lida olis ovul hududlarida bu borada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mazkur ishlar doirasida bugungi kunda Konimex tumanining olis Yangiqazg‘an ovulida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Konimex tumani Kenashi deputalari i Ruslan Ro'ziyev, T.Kenjayev bugungi kunda rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan ovul shifokorlik punktida bo'lib, tibbiyot muassasasida amalga oshirilayotgan mukammal ta'mirlash hamda obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirdi. Shuningdek, ta'mirlash ishlariga  mas'ul mutasaddilarga belgilangan ishlarni sifatli amalga oshirish va yakuniga etkazish bo‘yicha kerakli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1