Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qo'ng'irotda "TERMIZIYLAR KUTUBXONASI" ochildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan besh tashabbus doirasida mamlakatimiz bo'ylab keng ko'lamli bunyodkorlik va ma'rifatparvarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda ushbu ezgu tashabbus samarasi hayotimizda yaqqol namoyon bo'lmoqda. Yurtimizda kitobxonlar soni ko'payib, mavjud kutubxonalar soni tobora ortib bormoqda. Bu kabi xayrli ishlarning navbatdagisi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tumanidagi Yoshlar markazida ochilgan yangi "Termiziylar kutubxonasi" bo'ldi.

Ochilish marosimini tuman hokimi Bekzod Madaminov ochib berdi. Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi O'zbekiston xalq shoiri, "Do'stlik", "Mehnat shuhrati" ordenlari sohibi Sirojiddin Saidov, xalq deputatlari Denov tumani Kengashi deputati, tadbirkor Islom Xudoyberdiyev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Kutubxona tadbirkor deputatimiz Islam Xudoyberdiyev taklifi va tashabbusi bilan tashkil etilib, deputat tomonidan kutubxonaga 3 mingnan ziyod tarixiy, siyosiy va badiiy kitoblar sovg'a qilindi.

Yosh kitobxonlar uchun tashkil etilgan ushbu ziyo maskani ularning sevimli maskaniga aylandi.

Slide 1 of 19