Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shohruh Mirzaqulov rahbarlik qilayotgan ushbu poliklinikada 9 ta vrach, 31 ta hamshira, 11 ta kichik tibbiy xodim bo'lib, xirurg, akusher-ginekolog, stomatolog, UZI kabi tor soxa mutaxassislari, 3 nafar oilaviy shifokor faoliyat olib boradi.

Payariq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 21-son oilaviy poliklinikasi Oqqo'rg‘on va Sorisuv mahallalariga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shohruh Mirzaqulov rahbarlik qilayotgan ushbu poliklinikada 9 ta vrach, 31 ta hamshira, 11 ta kichik tibbiy xodim bo'lib, xirurg, akusher-ginekolog, stomatolog, UZI kabi tor soxa mutaxassislari, 3 nafar oilaviy shifokor faoliyat olib boradi. 

Poliklinika xizmat ko'rsatayotgan aholi soni 6165 nafar bo'lib, 4 ta salomatlik guruhlariga ajratib olindi. Jumladan, 2934 nafar aholi 1-tayanch guruhiga, 934 nafari 2-past xavf guruhiga shuningdek, 3-o'rta xavf guruhiga 1633 nafar hamda 4-yuqori xavf guruhiga 34 nafar fuqarolar kiritilgan.

Aholiga 90 turdagi dori-darmonlar bepul tarqatilmoqda. Homiladorlarga perinatal vitaminlar, yosh bolalarga mikronutriyentlar, antistruminlar, gijjaga qarshi dori vositalari bepul berilmoqda.

Slide 1 of 4