Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar tashabbusi.

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi deputatlari Yarmatov Muxiddin Nurxonovich, Qodirova Manzura Hamrayevna, Ergashev Qahramon Jaxonovich, Xalimov Yusuf Davronovich, Sadatov Mustafo Mengliyevich, Xo‘janova Dilafruz Allamurodovna, Mamatmirzayeva Raxima Shaydulovna, Qo‘ziyeva Shoira Allamurodovnalarning tashabbusi bilan mustaqilligimizning 33 yilligini keng nishonlash, inson qadri, mehnatkash va bag‘rikeng xalqimizning bunyodkorlik salohiyati bilan erishilayotgan ulkan natijalarning mazmun-mohiyatini chuqur ochib berishga alohida e’tibor qaratish maqsadida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Xo‘janqon" mahallasidagi 3-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv oʻtlazildi. 

Uchrashuvda mustaqilligimizni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish hamda mamlakatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, yuksalish sur’atlariga munosib tarzda nishonlash yuzasidan targ'ibot ishlari olib borildi.

Slide 1 of 6