Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

CHINOZ TUMANI: DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI

 Joriy yilning 21-avgust kuni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi: 

- Chinoz tumani mahalliy byudjetining 2024-yil 2-chorak ijrosi hamda 2024-yil 2-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar
rejasini orttirib bajarilgan qismi mablag‘larini sohalar bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida;
 

- Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-avgust oylarida
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
 

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Chinoz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasining tegishli bandlarining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida; 

- Chinoz tumanida 2024-yilda investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport va mahalliy sanoat bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining
bajarilishi hamda jalb qilingan investitsiyalarning samaradorligini ta’minlash, loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq va sifatli ishga tushirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilinib, tegish bo‘lim va tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
 

Majlis kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar O.Dadajonov, I.Sodiqov, E.Ozatovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.  

Doimiy komissiya majlisi yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

    

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Elyorjon Saidov

Slide 1 of 1