Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarda milliy parlamentarizmning o‘rni va roli” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.
Unda viloyat studiyasidan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari A.Saidov kirish so‘zi bilan ochib, mustaqillik O‘zbekistonda demokratik milliy parlamentning shakllanishi va rivojlanishi uchun tom ma’noda siyosiy huquqiy asos yaratganini e’tirof etib, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Kuchli parlament va xalq vakillik organlari — Yangi O‘zbekistonning tayanchi” ekanligi, hozirgi kunda O‘zbekiston parlamenti islohotlarning faol subyekti bo‘lib, qonun ijodkorligi yo‘nalishida zamon talablariga javob beradigan qonunlarni qabul qilayotganini qayd etdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar bugun O‘zbekistonda barcha sohadagi islohotlar chuqurlashib, demokratik yangilanishlar o‘zining sifat jihatidan yangi pog‘onasiga ko‘tarilib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tdilar.