Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY YORDAM VA XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN MAQOLALAR “TOSHLOQ TONGI” GAZETASIDA CHOP ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA” DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
TOSHLOQ TUMANIDA DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISINING HAMKORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA YOSHLARNI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA E’TIBOR QARATILMOQDA.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔸Sessiya ishida shahar Kengashi raisi va deputatlar, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

🔸Sessiyada, shahardagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar. Shuningdek, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush sharoitini yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Sessiya kun tartibi:

1. Jizzax shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etilishi omillarini bartaraf etish va korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

2. Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2026 yilning 1-choragi davomida Jizzax shahrini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida, shuningdek jamoat xavfsizligi to‘g‘risidagi hisobotini eshitish.

3. Jizzax shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2026 yilning 1-choragi davomida mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisobotini eshitish.

4. Jizzax shahrida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichini shakllantirishda“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal etish bo‘yichaishlab chiqilgan yo‘l-xaritasini tasdiqlash to‘g‘risida.

5. Deputatlar tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlariga javob berilganligi natijalari to‘g‘risida.

6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi KQ-325-son qarori ijrosini taʼminlash to‘g‘risida.

7. Jizzax shahrida iqtisodiyot va mahalliy sanoat yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-son qarorning ijrosi to‘g‘risida.

8. Shahar byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

9. Xalq deputatlari shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.                                                                                       

🔸Sessiya davomida masalalar yuzasidan masʼullar axborot va hisobotlar bilan chiqish qildi, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 9