Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv

“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev “Yoshlar kuni” doirasida navbatdagi manzilda tegishli mutasaddilar ishtirokida shahrimizdagi 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Tashrif davomida ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining sifati hamda o‘quvchilarning bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi. Maktab sinfxonalari, fan xonalari va sport infratuzilmasi ko‘zdan kechirilib, mavjud holat yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

 Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning qiziqishlari, kelajak rejalari hamda mavjud muammolari o‘rganildi. Yoshlar tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitish tizimini kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Dilmurod Ergashev yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun barcha sharoitlarni yaratish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan yangi tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif yakunida maktabda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash va yoshlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 8