Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashida uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvda viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Arziqul Soatov, Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov, Angor tuman hokimligining Xotin-qizlar bo‘limi rahbari No‘rmurodova Muqaddas hamda tuman kotibiyati mutaxassisi Choriyeva Mahliyo va viloyat Kengashi kotibiyati mutaxassisi Sunatullo Uktamovlar ishtirok etdilar.Tadbir doirasida deputat A. Soatov saylangan Angor tumanidagi 11-A.Navoiy saylov okrugiga qarashli “Karvon”, “Tallashqon” hamda “Zartepa” mahallalarida o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar davomida mahalla “yettiligi” faoliyati tizimli tahlil qilinib, ularning hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb muammolar, infratuzilma holati, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti hamda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.Mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi tashabbuslar hamda aholi faolligi alohida e’tirof etildi. Fuqarolar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlar davomida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, deputat faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishidan kelib chiqib, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi baholandi va kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Uchrashuvlarda mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, hududlarni yanada rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, muammolarni o‘z vaqtida hal etish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, muammolarni joyida hal etish hamda hududlarni kompleks rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1