Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev 8-Fayziobod saylov okrugiga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi.

✅ Uchrashuv O‘zbekiston temir yo‘llariga qarashli “Sihatgoh” majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputatlari A.A. Karimov, M. Masharipov, T. Gribanova, A. Eshmatov ham o‘z hisobotlari bilan ishtirok etdi. Tadbirda “Yangi zamon”, “Banokatiy”, “Furqat”, “Fitrat”, “Oltinko‘l”, “Sariko‘l”, “Qorasuv”, “Oq uy”, “Fayziobod”, “Tong yulduzi”, “Inoqobod” hamda “Istiqlolobod” mahallalarida yashovchi fuqarolar va yoshlar faol qatnashib, ochiq muloqot tashkil etildi.

📊 Hisobot davomida deputat tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, murojaatlar asosida bir qator masalalar joyida hal etilib, ayrimlari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

🌀 Shuningdek, deputat 2026-yilning birinchi choragi davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi turmush sharoitini oshirishga qaratilgan masalalar muhokamasida qatnashdi hamda qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib bordi.

🗣 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda ishlar tashkil etilishi, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 9