Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

🏛 BANDIXONDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA AHOLI SALOMATLIGI E’TIBOR MARKAZIDA.

✅Bandixon tumani “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.Amanqulov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Pardayev ishtirokidagi mazkur jarayonda asosiy e’tibor mahalla infratuzilmasi va aholi farovonligiga qaratildi.

✅ O‘rganish davomida nimalarga e’tibor berildi?

✅Mahalla yettiligi tahlili: Yettilik tomonidan bajarilgan vazifalar, profilaktik tadbirlar va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

✅Aholi murojaatlari: Har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligi ta’kidlanib, ularni hal etish choralari muhokama qilindi.

Ijtimoiy himoya: Ijtimoiy ehtiyojmand qatlamga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ijtimoiy xodimlarning faoliyati tahlil etildi.

✅ Bepul dori-darmon ta’minoti — qonun himoyasida!

✅O‘rganishning eng muhim nuqtasi Navbahor oilaviy shifokorlik punkti bo‘ldi. Unda quyidagilar alohida ta’kidlandi:

✅ Sog‘liqni saqlash vazirining 41-sonli buyrug‘iga asosan:

Tuman darajasida kafolatlangan tibbiy yordam doirasida aholiga 87 turdagi dori-darmonlar bepul berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

✅Bu imkoniyatlar aholining sog‘ligini saqlash va sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.

✅Bemorlarga ambulator sharoitda ko‘rsatilayotgan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi tahlil qilindi.

✅"Mahalla tizimidagi har bir bo'g'in faoliyati pirovard natijada aholi farovonligini oshirish va xalqning og'irini yengil qilishga xizmat qilishi shart."

Slide 1 of 7