Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
“Mustaqillik” MFYda rejalashtirilgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2026-yil 29-yanvardagi qaroriga muvofiq, “Mustaqillik” MFY Furqat ko‘chasida nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun piyodalar yo‘lakchasi qurish maqsadida 72 mln 658 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mazkur masala yuzasidan Kengash kotibiyati mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugi deputati G.Xudoyarova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi H.To‘rayev tomonidan joyiga chiqib o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, yo‘lakcha qurilishi rejalashtirilgan hududda ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilmalar qurilgan bo‘lib, bu holat ishlarni boshlashga to‘sqinlik qilmoqda. Hozirda ushbu qurilmalarni bartaraf etish ishlari aholi tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rish uchun deputat so'rovi yuborish belgilandi.

Masala nazoratga olingan.

Slide 1 of 3