Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
Raqamli boshqaruv va ijro intizomi – samarali faoliyatning muhim mezoni

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Raqamli boshqaruv va ijro intizomi – samarali faoliyatning muhim mezoni

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev tomonidan Chilonzor tuman Kengashi kotibiyatida ish yuritish tizimi hamda “E-Kengash” axborot platformasidan foydalanish amaliyoti keng qamrovda tahlil qilindi.

📝 Jarayon davomida deputatlar murojaatlari bilan ishlash sifati, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va ijrosi, qaror hamda bayonnomalarni tizimga kiritish intizomi, sessiya hujjatlarini tayyorlash jarayonidagi aniqlik va tizimlilik masalalari batafsil ko‘rib chiqildi. Doimiy komissiyalar faoliyatining muvofiqlashtirilganligi hamda hujjatlarning elektron shaklda yuritilishi amaliy jihatdan baholandi.

🔎 “E-Kengash” tizimining imkoniyatlari asosida deputatlik faoliyatini yanada tizimlashtirish, murojaatlar va muammolarni tezkor qayd etish, ularni nazoratga olish hamda natijadorlikka erishish mexanizmlari muhokama qilindi. Deputatlarning haftalik ish rejalari ijrosini monitoring qilishda ushbu platformaning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

⚖️ Ayniqsa, ijro intizomi va mas’uliyat masalalari asosiy mezon sifatida ko‘rilib, har bir topshiriqning o‘z vaqtida, sifatli va aniq bajarilishi Kengash faoliyatining samaradorligini belgilovchi muhim omil ekani qayd etildi.

🤝 Yakunda Kengash kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, raqamli boshqaruv vositalaridan samarali foydalanishni kengaytirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda barcha jarayonlarni tizimli va natijador tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🖥 Mazkur yondashuvlar orqali Chilonzor tuman Kengashi kotibiyatida ish yuritish sifatini yangi bosqichga olib chiqish va hududiy boshqaruv samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 5