Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
🏘 Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi

🏘 Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li hamda Abdullajonov Dilshod Komiljon o‘g‘li 2-Yozuvchilar saylov okrugi deputati Xasanov Laziz Saydivaliyevich saylangan Bobur nomli mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda hududlarga chiqib, o‘rganish ishlarini amalga oshirdilar.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi Sultanov Sharofiddin Yusupovich, hokim yordamchisi Abduraxmanov Shuxratbek Toxirjon o‘g‘li, xotin-qizlar faoli Axmadaliyeva Barnoxon Sharofiddinova, yoshlar yetakchisi Xakimov O‘tkirbek Jo‘raxon o‘g‘li, profilaktika katta inspektori Komilov Shoxruxbek Tursunboy o‘g‘li hamda ijtimoiy xodim Mallayeva Ma’rifat Yuldashevna bilan birgalikda, belgilangan 24 ta tavsiya asosida ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi turmush sharoitlari, mavjud muammolar hamda ehtiyojlari joyida o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida ichki ko‘chada tegishli belgilar mavjud emasligi sababli transport vositalari tartibsiz joylashtirilayotgani aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan profilaktika katta inspektori tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, masala deputat tomonidan nazoratga olindi.

🗣 Shuningdek, o‘rganish davomida profilaktika katta inspektori tomonidan hududda jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini kuchaytirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Aholi bilan muloqotlar davomida mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.

🔸 “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda olib borilgan mazkur o‘rganish ishlari hududdagi muammolarni manzilli aniqlash, ularni tizimli hal etish hamda aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

📌 Hududlarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda manzilli ishlash tizimini yanada kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1