Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova 2026-yilning I choragi bo‘yicha axborot berdi

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova 2026-yilning I choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Mazkur uchrashuv Yakkasaroy tumanidagi “Rakat” mahalla fuqarolar yig‘ini majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 16-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Li Igor Gennadevich ham ishtirok etdi.

📝 Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar hamda hudud aholisi ishtirok etib, deputat tomonidan hisobot davrida hududdagi mahallalarda o‘tkazilgan uchrashuvlar, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni amaliy hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning fikr-mulohaza va takliflarini tingladi.

📁 Uchrashuv davomida hududdagi dolzarb masalalar, jumladan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini takomillashtirish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, bolalar maydonchalarini tashkil etish, hududni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi. Ayrim murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot vakillari bilan joyida muhokamalar o‘tkazilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

🔎 Vasila Alimova o‘z axborotida hisobot davrida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalari hamda tegishli doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etganini, ushbu yig‘ilishlarda poytaxtni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlarini tizimli hal etishga qaratilgan takliflarni ilgari surganini ta’kidladi.

🔺 Shuningdek, hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish hamda fuqarolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingani qayd etildi.

🗣 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganilishi, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik olib borilishi hamda deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 1