Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
✏️Tasdiqlangan grafik asosida muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda (24 ta tavsia asosida)

✏️Tasdiqlangan grafik asosida muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda (24 ta tavsia asosida) 

📍Tasdiqlangan grafik asosida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati masʼul xodimlari tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda deputatlarning saylangan okruglarida aniqlangan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Mazkur o‘rganishlar Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida amalga oshirilmoqda.

🔹Jumladan, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputati Yoqubov Nodirjon Nazirulla o‘g‘li, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Adashboyev Aziz Agʻzam o‘g‘li, Abdullajonov Dilshod Komiljon o‘g‘li, shuningdek, Yakkasaroy tumani Damariq mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari — mahalla raisi Tashpulatova Nazokat, hokim yordamchisi Masharipov Aziz, ijtimoiy xodim Djurayeva Kamola, xotin-qizlar faoli Ismailova Gulchehra, yoshlar yetakchisi Rayimov Dilshod hamda profilaktika inspektori Iskandarov Javohir bilan birgalikda mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar holatini o‘rganish maqsadida manzilli o‘rganishlar olib bordilar.

🔹O‘rganish jarayonida Yakkasaroy tumani Damariq mahallasi, Andijon ko‘chasi 9a-uyda yashovchi Makeeva Olga xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy va oilaviy ahvoli atroflicha o‘rganildi. Suhbat davomida oilaning mavjud muammolari tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔹Xususan, ushbu oila farzandlarining kelgusida zamonaviy kasb-hunar egallashlari va raqamli ko‘nikmalarini oshirish maqsadida yoshlar yetakchisi Rayimov Dilshod tomonidan IT yo‘nalishida o‘qish uchun ariza kiritilishi ta’minlandi. Bu esa yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularning kelajakda munosib kasb egallashiga xizmat qiladi.

🔹Shuningdek, xotin-qizlar faoli Ismailova Gulchehra tomonidan o‘rganish davomida oila a’zolaridan Makeeva Tatyananing sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari mavjudligi aniqlanib, uni “Ayollar daftari”ning sog‘lig‘ida muammosi mavjud toifasiga kiritish bo‘yicha tegishli tartibda ishlar amalga oshirilishi belgilandi.

🔹Mazkur oila bilan bog‘liq masalalar deputat hamda “mahalla yettiligi” tomonidan doimiy nazoratga olinib, ularning muammolariga bosqichma-bosqich yechim topish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi. 

📌Bu kabi manzilli o‘rganishlar aholining ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga tezkor yechim topish hamda fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1