Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMANI KENGASHINING YIGIRMANCHI SESSIYASI O‘TKAZILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMORQA XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI ISHLAR BILAN TANISHDI.
янв.21
QUMARIQ MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI.
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH BO‘YICHA RASMIY JAVOB TAQDIM ETILDI.
янв.21
MEHNATOBODDA YOSHLAR BANDLIGI BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
MEHNATOBODDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI.
янв.21
ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGI YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMORQA XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI ISHLAR BILAN TANISHDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI.
янв.21
PIYOZCHILIK MAHALLASIDA YANGI BOG‘CHA QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Bugungi kunda davlat boshqaruvida aholining dardini eshitish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida va adolatli yechim topish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki xalq bilan bevosita muloqot qilish, joylarda mavjud muammolarni ochiq muhokama etish orqali boshqaruv tizimining samaradorligi oshadi, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanadi. Shu bois aholi murojaatlarini tinglash va ularni hal etish masalasi ijtimoiy adolat hamda ochiq siyosatning muhim mezoniga aylangan.

Namangan shahar hokimligi tomonidan aholi murojaatlarini manzilli hal etish maqsadida doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi sayyor qabul “Ravnaq‘” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov 72 nafar fuqaroning murojaatini shaxsan qabul qilib, ularning muammo va takliflarini atroflicha tingladi.

Murojaatlarni o‘rganish yakunlariga ko‘ra, 29 nafardan ziyod fuqarolarning masalasi joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, huquqiy baho berish hamda amaliy yechim ishlab chiqish uchun tegishli mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Sayyor qabul davomida har bir murojaat yakuniy natijaga qaratilgan holda ko‘rib chiqildi, fuqarolarning ijtimoiy masalalarini tezkor va samarali hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, hokimlik tomonidan aholining muammolarini joyiga chiqib o‘rganish va ularni tizimli ravishda bartaraf etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7