Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-17-son Qaroriga asosan Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining 2026-yil 3-fevral kungi VII-17-8-11-158-K/26 sonli qarori tasdiqlangan. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish maqsadida Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining 3-Dahbet saylov okrugi deputati B. G‘affarov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Boboyev ishtirokida o‘rganuv-kuzatuv ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 3-fevral VII-17-8-11-158-K/26-sonli qaroriga muvofiq , tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘laridan "Dahbet" MFY ning ichki yo‘llarini asfaltlashtirish maqsadids 150 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo'lib, ushbu mablag'lar hisobidan asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilmiqda.

 Ushbu ishlarni sifatli, samarali va shaffof amalga oshirilishi va mablag‘lardan maqsadli foydalanish ishlari deputatlar tomonidan ko‘zdan kechirildi.

 Shuningdek mutasaddilar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

 O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilot va mutasaddilarga ishlarni belgilangan me’yor va talablarga muvofiq amalga oshirish yuzasidan taklif va vazifalar berildi.

Slide 1 of 1