Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
Raqamli boshqaruv va ijro intizomi – Kengash faoliyatining muhim omili

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Raqamli boshqaruv va ijro intizomi – Kengash faoliyatining muhim omili

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev tomonidan Yakkasaroy tuman Kengashi kotibiyatida ish yuritish tizimi hamda “E-Kengash” axborot platformasidan foydalanish amaliyoti ko‘zdan kechirildi. Jarayonda raqamli yechimlarning ish samaradorligiga ta’siri, hujjatlar aylanishidagi tezkorlik va aniqlik darajasi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

📝 Tahlillar davomida deputatlar murojaatlari bilan ishlash sifati, qaror va bayonnomalarni tizimga kiritish intizomi, sessiya hujjatlarini tayyorlash va o‘tkazish jarayonidagi tashkiliy yondashuvlar, doimiy komissiyalar faoliyatining muvofiqlashtirilganligi hamda hujjatlarning elektron shaklda yuritilishi batafsil ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, ijro intizomi va mas’uliyat masalalari keskin va aniq mezonlar asosida baholandi.

🔎 Shuningdek Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bilan uzviy bog‘liq holda olib borilib, hududlarda aniqlanayotgan muammolarni tizimli qayd etish, ularni tezkor bartaraf etish va natijadorlikni oshirishda “E-Kengash” tizimi muhim vosita ekani qayd etildi. Deputatlarning haftalik ish rejalari ijrosi ham ushbu platforma orqali monitoring qilinayotgani amaliy jihatdan tahlil qilindi.

🔺 Yakuniy xulosalarga ko‘ra, Yakkasaroy tuman Kengashi kotibiyatida raqamli tizimlardan foydalanish izchil yo‘lga qo‘yilayotgani, hujjatlar aylanishida tartib va tizimlilik kuchayib borayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, ochiqlik va shaffoflikni yanada mustahkamlash, ijro intizomini kuchaytirish hamda deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

🖥 Mazkur jarayonlar mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini keng joriy etish va hududiy boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarning muhim qismi sifatida davom etmoqda.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 3