Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
#tavsiyalar_asosida_qonunijrosi

#tavsiyalar_asosida_qonunijrosi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati J. To‘rayev tomonidan “Pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarining ijrosini joylarda o‘rganish hamda ijtimoiy to‘lovlarning belgilangan tartibda va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida pensiya mablag‘larini tarqatish jarayoni nazorat qilindi.

Tashrif davomida fuqarolarga pensiya to‘lovlarining o‘z vaqtida yetkazilishi, navbatlar tartibi, keksalarga yaratilgan qulay sharoitlar hamda xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi. Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, amaldagi tartib-qoidalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan jarayonning ochiqligi va adolatliligini ta’minlash, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, pensiya ta’minotida inson omilini kamaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat nazorati — bu jamiyatda adolat, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim mexanizmdir. U xalq vakili sifatida deputatning davlat organlari va ijtimoiy jarayonlar ustidan tizimli kuzatuv olib borishi, mavjud muammolarni joyida o‘rganishi va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

| Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) | Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) | Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) | Instagram (https://www.instagram.com/madadnnt_/) | Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5