Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
“Gulzor” MFYda ochiq muloqot: muammolar tinglandi, choralar belgilandi

“Gulzor” MFYda ochiq muloqot: muammolar tinglandi, choralar belgilandi

 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlarining aprel oyi uchun tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga asosan, 12-Gulzor okrugi deputati To‘rabek Nazarov tomonidan Olmazor tumanidagi “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

 Unda xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi, kotibiyat mudiri va bosh mutaxassislari, mahalla raisi, “yettilik” a’zolari, faollar, uy boshilari hamda nuroniylar ishtirok etib, hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.

 Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar orasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish zaruriyati, yo‘l belgilari orqali transport xavfsizligini ta'minlash va aholi turar-joylaridan xavf-xatarsiz foydalanishni ta'minlash uchun katta yuk mashinalar qatnovini to‘xtatish uchun taqiqlovchi belgi hamda video kuzatuv kameralarini o‘rnatilishi masalalari, mahalla xavfsizligini ta’minlash va bolalar o‘yingohi va futbol maydonchasi qurilishi yuizasidan takliflar alohida muhokama qilindi.

 Har bir murojaat yuzasidan deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda aniq choralar belgilandi, ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

 Shu bilan birga, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududda yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, xotin-qizlar va ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligini kuchaytirish, ichki yo‘llar va infratuzilmani yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda jinoyatchilikning oldini olish masalalari doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.

 Yakunda mazkur uchrashuv fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini eshitish va hududdagi muammolarni manzilli hal etish borasida muhim platforma bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 8