Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
Mahalliy Kengash faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlar sifati va deputatlik nazorati masalalari ko‘zdan kechirildi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalliy Kengash faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlar sifati va deputatlik nazorati masalalari ko‘zdan kechirildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh yuriskonsulti Dilmurod Xashimov tomonidan Yangihayot tuman Kengashi kotibiyatida ish yuritish jarayonlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash holatini ko‘zdan kechirdi. Unda qarorlar va deputatlik so‘rovlarini qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish, hujjatlarning huquqiy aniqligi va sifatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Unda deputatlik so‘rovlari mazmuni va asoslanganligi, qabul qilinayotgan qarorlarning normativ-huquqiy tusda to‘g‘ri ishlab chiqilishi, ularning amaldagi qonunchilikka mosligi, hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ijro intizomi holati atroflicha tahlil qilindi. Dilmurod Xashimov bu borada: “Har bir qabul qilinayotgan qaror huquqiy jihatdan puxta, aniq va qonunchilik talablariga to‘liq mos bo‘lishi zarur” ekanini alohida ta’kidladi.

🔎 Shu bilan birga, mazkur jarayon Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida ko‘rib chiqilib, ayniqsa normativ-huquqiy hujjatlar sifatini oshirish, deputatlik so‘rovlarining samaradorligini ta’minlash hamda ularning ijrosi ustidan tizimli nazoratni kuchaytirish masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

⚠️ O‘rganishlar davomida ayrim hujjatlarni rasmiylashtirishda aniqlik yetishmasligi, qaror loyihalarini tayyorlashda normativ talablarning to‘liq inobatga olinmagan holatlari mavjudligi qayd etilib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

🤝 Qarorlar va deputatlik so‘rovlarining sifatini oshirish maqsadida kotibiyat xodimlari hamda deputatlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, hujjatlar bilan ishlashda yagona yondashuvni joriy etish va mas’uliyatni kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

🖥 Yakuniy xulosalarga ko‘ra, Yangihayot tuman Kengashi kotibiyatida normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash jarayonlarini yanada takomillashtirish, qarorlar va deputatlik so‘rovlarini qonunchilik talablariga to‘liq mos holda ishlab chiqish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilishi zarurligi qayd etildi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 5