Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
#deputat_sorovi ➕14-son oilaviy poliklinika bo‘yicha qurilish ishlari yuzasidan ma’lumot so‘raldi

👨‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Rabbimov Aziz Usmonovich tomonidan Ishtixon tumani 14-son oilaviy poliklinika binosini rekonstruksiya qilish loyihasi yuzasidan deputat so‘rovi chiqarildi.

📝 Mazkur deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori asosida belgilangan vazifa, ya’ni mavjud 50 qatnovli bino o‘rniga yangi 50 qatnovli bino qurish hamda uni 1-tip oilaviy poliklinikaga moslashtirish ishlari bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🏗 Deputat tomonidan, xususan:

🔹 2026-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar;

🔹 qurilish-rekonstruksiya jarayonining bugungi holati;

🔹 obyektning belgilangan muddatlarda yakunlanish imkoniyati;

🔹 bajarilayotgan ishlarning sifati va amaldagi rejaga muvofiqligi yuzasidan asoslantirilgan axborot taqdim etish talab qilingan.

🔍 Mazkur deputatlik so‘rovi hududda amalga oshirilayotgan sog‘liqni saqlash obyektlari qurilishi ustidan samarali deputatlik nazoratini o‘rnatish, ajratilgan vazifalarning ijrosi, ishlar sifati va muddatiga rioya etilishini o‘rganish maqsadida yuborilgan.

⏳ Amaldagi qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga 10 kun muddatda javob taqdim etilishi lozim.

✅ Bunday deputatlik nazorati orqali hududdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy talablar asosida shakllantirish, aholi uchun yanada qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaratish yo‘lidagi ishlar izchil nazoratga olinmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1