Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
Ta’lim va ma’naviyat maskanida o‘rganish ishlari olib borildi

Ta’lim va ma’naviyat maskanida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 14-Zarafshon saylov okrugi deputati A. Nozimov tomonidan Zarafshon mahallasi hududida joylashgan 43-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🏫 O‘rganish jarayonida maktab kutubxonasi faoliyati, unda yaratilgan sharoitlar, mavjud kitoblar soni hamda ularning turlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, o‘quvchilarning kitobxonlik darajasi, kutubxonadan foydalanish faolligi alohida e’tiborga olindi.

📊 Shuningdek, chorak yakunlari bo‘yicha o‘quvchilarning davomati hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, olgan baholari tahlil qilinib, ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

📖 Kutubxona fondini boyitish, zamonaviy va qiziqarli adabiyotlar bilan to‘ldirish, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

👨‍👩‍👧‍👦 Shu bilan birga, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar va uchrashuvlarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

🤝 Yakunda mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.    

👉https://t.me/Oqdaryo_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4