Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi

 Olmazor tumanidagi 2-Chig'atoy Oqtepa saylov okrugiga qarashli “Chig'atoy Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur qabul xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abduvali Ismailov tashabbusi bilan tashkil etilib, unda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Raxmatullayev va bosh mutaxassis Umid Sholatixov hamda XDP Olmazor tumani Kengashi partiya raisi Xayrulla Xamidovlar ishtirok etdi.

Sayyor qabul avvalida mahalla “yettiligi” tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan hisobot tinglandi. Shundan so‘ng fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turli masalalarga doir murojaatlari qabul qilindi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan tibbiy xizmat, kommunal soha, TP (shit) o'rnatish, bandlik hamda hudud infratuzilmasiga oid qator masalalar ko‘tarildi. Deputatlar har bir murojaatni alohida o‘rganib chiqib, ayrim masalalarni joyida hal etish choralarini ko‘rdilar, qolgan murojaatlar bo‘yicha esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilishi hamda zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Qabul jarayonida fuqarolardan biri sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat qilgan bo‘lib, unga tumanimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish doirasida joriy etilayotgan yangiliklar, xususan, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, bepul dori-darmonlar ta’minoti hamda davolanish jarayonida qo‘llanilayotgan yangi mexanizmlar haqida tushuntirishlar berildi. 

Uchrashuv davomida mahalla hududidagi infratuzilma, obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy muhit hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, "Farobiy" ko'chasi hududidagi mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ko'rilishi alohida ta’kidladi.

Mazkur sayyor qabul fuqarolarni qiynayotgan masalalarni aniqlash, ularni tizimli ravishda hal etish hamda aholi bilan doimiy muloqotni mustahkamlashga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Deputatlar tomonidan bunday uchrashuvlar kelgusida ham muntazam ravishda davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 10