Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
“Do‘stlik” istirohat bog‘ida “Sumalak Party–2026” Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi

“Do‘stlik” istirohat bog‘ida “Sumalak Party–2026” Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi

Yurtimizda qadimiy qadriyat va an’analarni o‘zida mujassam etgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Do‘stlik” istirohat bog‘ida “Sumalak Party–2026” Navro‘z sayli yuqori saviyada va ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. 🌿🌸

Mazkur bayram tadbirida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputatlari, O‘zbekiston oliy sud raisi Baxtiyor Ismoilov, Senator Kobul Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti boshlig‘i Baxtiyor Berdialiyev, O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Qahramon Sariyev hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.

Bayram davomida milliy an’analarimizning ajralmas qismi bo‘lgan sumalak sayli alohida fayz bag‘ishladi. 10 ta doshqozonda qaynagan sumalak atrofida yig‘ilgan yurtdoshlarimiz ezgu tilaklar bildirib, Navro‘zning qadimiy urf-odatlarini davom ettirdilar. 🍲✨

▪️Sumalak — bu shunchaki taom emas. U:

▪️hamjihatlik va birdamlik ramzi,

▪️mehr-oqibat va baraka timsoli,

▪️avlodlarni bir-biriga bog‘lovchi mustahkam ko‘prik hisoblanadi.

Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, folklor chiqishlari hamda turli madaniy ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilib, yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashildi. Navro‘z sayli doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir aholining birligini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi. 🎶🌺

“Sumalak Party–2026” Navro‘z sayli ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar bag‘ishlab, xalqimizning ezgu an’analari va qadriyatlari yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Slide 1 of 1