Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARIGA RIOYA ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
BALIQCHILIK VA CHORVACHILIK LOYIHALARI AHOLI DAROMADLARINI OSHIRMOQDA
Deputatlar tomonidan – Qonun ijrosi nazoratda.

Oʻrganish jarayonida “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik uchun belgilangan pensiyalar muhokama qilindi.

Xususan, Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimiga 2025-yilda 50 ta murojatlar kelib tushgan boʻlib, murojatlarning turiga koʻra 7 tasi shikoyat va 43 tasi murojaatlarni tashkil etgan. Shayxontohur tumanida 2026-yil 1-yanvar holatiga 40000 nafar pensiya oluvchi fuqarolarni tashkil etadi. 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar 1200 nafar fuqarolarga pensiyalar tayinlanganligi haqida maʼlumot berildi. 

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi tomonidan bugungi kunda baʼzi pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiya tayinlanishida ish staji maʼlumotlari yetishmaslik (chiqmaslik) holatlari yuzasidan murojaatlar inobatga olib, tuman faollari hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirokida boʻlib oʻtadigan yigʻilishlarda rasmiy mehnat faoliyati yuritayotgan barcha fuqarolarimizdan ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga eʼtiborli boʻlgan holda, ish beruvchilaridan barcha maʼlumotlarini my.mehnat.uz tizimiga kiritib raqamlashtirib qoʻyishlari yuzasidan tavsiya maslahatlar berib kelinayotgani haqida maʼlum qildi. 

Shuningdek, deputatlar tomonidan Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimida fuqarolarga pensiya tayinlashda barcha maʼlumotlarni tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda olish jarayoni koʻrib chiqildi.

Oʻrgaish yakunida deputatlar tomonidan pensiyani hisoblab chiqishda ish stajiga imtiyozli tarzda qoʻshib hisoblanadigan faoliyat davrlari, pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlarni va maʼlumotlarni koʻrib chiqish muddatlariga rioya etish hamda pensiya tayinlanishida ish staji maʼlumotlari yetishmaslik jarayonida qonunda belgilangan tartibda amaliyyodam berish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1