Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARIGA RIOYA ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
BALIQCHILIK VA CHORVACHILIK LOYIHALARI AHOLI DAROMADLARINI OSHIRMOQDA
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati,shahar hokimi Mingtut mahallasidagi muammolarni joyida o‘rgandi

Unda mahallaning mavjud infratuzilmasi, ijtimoiy sharoitlari va obodonlashtirish ishlari atroflicha tahlil qilindi. Xususan, aholi va mahalla xodimlari uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha zamonaviy mahalla markazi binosini barpo etish masalasi ilgari surildi.

Shuningdek, hududdagi ichki yo‘llarning holati, tungi yoritish tizimlari, piyodalar harakati uchun mo‘ljallangan yo‘laklar hamda obodonlashtirish ishlarining bugungi ahvoli ko‘rib chiqildi.

Shahar rahbari mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, rejalashtirilgan loyihalarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.

Slide 1 of 1