Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARIGA RIOYA ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
BALIQCHILIK VA CHORVACHILIK LOYIHALARI AHOLI DAROMADLARINI OSHIRMOQDA
Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Sadikova Turkman mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan asosan ichki yo‘llar holati, kommunal xizmatlar sifati hamda ijtimoiy masalalarga oid bir qator murojaatlar bildirildi. Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lish, ularning muammolariga tezkor yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2