Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sherobod tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sessiyada Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman Kengashi deputatlari, kotibiyat xodimlari, shuningdek, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Kun tartibidan o‘rin olgan 7 ta dolzarb masala muhokama qilinib, ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya yakunda deputatlar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.