“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi” Qonun ijrosi xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘.Shukurov tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yaratilgan sharoit, ta’lim sifati, sanitariya-gigiyena talabiga rioya etilishi,pedagog kadrlar malakasi tahlil qilindi.
Jumladan: ayrim MTTda bolalarni qamrab olish darajasi pastligi,moddiy-texnik baza yetarli emasligi, pedagog kadrlar bilan ta’minlashda muammo mavjudligi kuzatilmoqda.
Mazkur holat 5-modda (davlat tomonidan maktabgacha ta’limning kafolatlanishi),
11-modda (maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati),
hamda 18-modda talabiga rioya etilmayotganini ko‘rsatadi.
Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ma‘sullarga deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.