📌 DEPUTATLAR AMALIY HARAKATDA: MUAMMO HAL ETILDI!
Izboskan tumanida fuqarolarning murojaatlari doimiy e’tiborda!
Barhayot MFY, Navbahor ko‘chasi S-uyda yashovchi fuqaro Obidinov Soyibjon G‘ulomovich tomonidan bildirilgan murojaat uzoq vaqt — 3 oy davomida o‘z yechimini topmay kelayotgan edi.
Mazkur murojaatda fuqaroning 2006-yilda vafot etgan otasi — Obidinov Gulamjonning hujjatlarida xatolik mavjudligi, ya’ni 1989-yil 29-avgustdagi 204/8-sonli qarorda uning familiyasi “Obidinov Gulornqodir” tarzida noto‘g‘ri ko‘rsatilgani bayon etilgan. Ushbu holat esa huquqiy masalalarni rasmiylashtirishda jiddiy to‘siq bo‘lib kelayotgan edi.
💼 Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashi deputatlari tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda masalaga huquqiy yechim topildi.
✅ Natijada:
⚖️ Ushbu ish orqali yana bir bor deputatlar tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilayotgani o‘z isbotini topdi.
🤝 Har bir murojaat e’tiborda — har bir muammo yechim topadi!