Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Mamanova Karomat Suvonobod mahallasi aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammo — ichki kanal holatini o‘rganish maqsadida hududga tashrif buyurdi.
O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, mazkur kanalning tozalanmaganligi va texnik holatining yomonlashgani tufayli suv oqimi sekinlashgan, ayrim joylarda esa to‘planib qolish holatlari yuzaga kelgan. Bu esa aholi uchun noqulayliklar tug‘dirib, sanitariya holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Deputat Karomat Mamanova hududda yashovchi fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.