Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
Deputat saylov okrugidagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Anvar Kenjayev xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ismatov bilan oʻz saylov okrugidagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida taʼlim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish sifati hamda sanitariya-gigiyena holati koʻzdan kechirildi. Deputat muassasa rahbariyati va pedagog xodimlar bilan suhbat oʻtkazib, maktabgacha taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ularning amaliy natijalari hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi. Xususan, bolalarning intellektual va maʼnaviy rivojlanishiga qaratilgan mashgʻulotlar samaradorligini oshirish, zamonaviy oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlash hamda moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Slide 1 of 7