Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY YORDAM VA XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN MAQOLALAR “TOSHLOQ TONGI” GAZETASIDA CHOP ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA” DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
TOSHLOQ TUMANIDA DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISINING HAMKORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
QO‘RG‘ONCHA OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA YOSHLARNI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA E’TIBOR QARATILMOQDA.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
Tuman hokimining deputat sifatida navbatdagi uchrashuvi “Bog‘i eram” mahallasida bo‘lib o‘tdi

Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashining 21-Guliston saylov okrugidan saylangan deputati Mamatqulov Abdulla Abdimo‘minovich tomonidan “Bog‘i eram” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil mobaynida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi. Xususan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, infratuzilmani yaxshilash hamda mahallalarda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, aholi uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, sohaviy yo‘nalishlarda o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishlarining ahamiyati hamda davlat rahbarining xorijiy davlatlarga amalga oshirayotgan tashriflarining maqsad va natijalari haqida ham tushuntirish berildi.

Uchrashuvda mahallada yaratilayotgan shart-sharoitlar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan hamda oilasida nogironi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordam, Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash tizimi, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar yuzasidan ham axborot berildi.

Yig‘ilish davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar eshitilib, ularning savollariga mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan belgilangan tartibda batafsil javoblar berildi. Bildirilgan murojaat va takliflar asosida mas’ul rahbarlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 9