Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA MAHALLA OBODLIGI BO‘YICHA ISHLAR SAMARALI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA TADBIRKORLIK LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI
Marg‘ilonda “Ayollar daftari” doirasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari A.Ermatov va N.Akbarova “Zuhro” MFY xotin-qizlar faoli X.Oripova hamrohligida “Zuhro” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlarini olib bordi. Oʻrganish davomida “Ayollar daftari”ning 3-toifasi — uy-joyi ta’mirlanishi lozim bo‘lgan xotin-qizlar holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida tavsiya etilgan fuqarolarning yashash sharoiti, uy-joyining texnik holati, oila a’zolarining ijtimoiy ahvoli, daromad manbalari hamda mavjud muammolar tahlil qilindi. Har bir xonadonda individual yondashuv asosida suhbatlar o‘tkazilib, ehtiyoj va ustuvor masalalar aniq belgilab olindi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, uy-joylarni ta’mirlash ishlarini tizimli tashkil etish hamda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalasi deputatlar nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5