Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar Qumariq mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan tanishdi.
янв.21
Toshloq tumanida 53-Oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUN USTUVORLIGI VA HUQUQIY XIZMATLAR SIFATI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT va Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Mehnatobod MFY binosida mahalla yettiligi a’zolari va faollar ishtirokida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Zarkent mahallasida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
XIVA TUMAN SHOMOXULUM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI.

XIVA TUMAN SHOMOXULUM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati D. Xudoyberganova tomonidan Shomoxulum mahallasida xotin-qizlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarni egallashi, erta turmush va ajrimlarning oldini olish, shuningdek ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvda qizlarning uzluksiz va sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda bandligini ta’minlash masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. Kasb-hunarga o‘qitish kurslari, qisqa muddatli o‘quv dasturlari va mahalla kesimida amalga oshirilayotgan bandlik loyihalari haqida tushuntirish berildi.

Shuningdek, erta turmush va ajrimlarning salbiy oqibatlari, yoshlar o‘rtasida mustahkam oila qadriyatlarini shakllantirish, oilaviy nizolarni oldini olishda mahalla, ta’lim muassasalari va mutasaddi tashkilotlar hamkorligining ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Oila muqaddasligi, o‘zaro hurmat va mas’uliyat masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan ayollarga imtiyozli kredit, subsidiya va grantlar ajratish tartiblari, zarur hujjatlar hamda murojaat qilish mexanizmlari yuzasidan amaliy ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan bandlik, kasb-hunar o‘rganish, ijtimoiy yordam, oilaviy muammolar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur murojaatlar asosida tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi, muammolarning qonuniy va amaliy yechimiga erishish bo‘yicha nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida xotin-qizlarning murojaatlari asosida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi, masalalar ijobiy hal etilgunga qadar deputatlik nazorati davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri xotin-qizlarning huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, mahallada sog‘lom va barqaror ijtimoiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 1