Jumladan, deputat Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasi hamda Ko‘p tarmoqli klinikada bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida aholiga belgilangan 119 turdagi bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati, shuningdek, yosh bolalar, ayniqsa nogironligi bo‘lgan bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar masalasi muhokama qilindi. Shu doirada ota-onalar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Ma’lum bo‘lishicha, bepul dori-darmonlar ro‘yxatiga kiritilgan ayrim dori vositalari hozircha yetib kelmagan bo‘lib, ushbu masala yuzasidan tegishli talabnomalar berilgan. Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan bolalar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ularga muntazam tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul rahbar va mutaxassislarga zarur tavsiya hamda takliflar berildi. Mazkur tashrif tuman tibbiyot tizimida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratildi.