Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUN USTUVORLIGI VA HUQUQIY XIZMATLAR SIFATI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT va Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Mehnatobod MFY binosida mahalla yettiligi a’zolari va faollar ishtirokida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Zarkent mahallasida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

 DEPUTATLAR ISHTIROKIDA HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashiga 1-O‘smat saylov okrugidan saylangan deputat Ergashev Aziz Mamarasulovich, 25-“Yangiobod” saylov okrugidan saylangan deputat Norqulov Xondamir Erkin og‘li hamda mas’ul rahbarlar Mustaqillik, Madaniyat va Uzunbuloq mahallalariga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. 

Uzunbuloq mahallasida “Neo Professional” brendi ostida avtomobillarni yuvish vositalari ishlab chiqarayotgan korxona hamda Aberdin-angus, Simmental va Gereford zotli novvoslar boqish asosida bo‘rdoqichilikni yo‘lga qo‘ygan tadbirkor faoliyati o‘rganildi.  

Mutasaddilar tomonidan tadbirkorlarning faoliyatini kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 5