Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi deputati A. G‘oziyev “Neftchilar” va “Istiqlol” MFY lari hududidagi maktablarda bo‘lib, yuqori sinf o‘quvchilari bilan davra suhbatlari ochiq muloqot tarzida o‘tkazdi.
Bu yil 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabini 43 nafar o‘quvchilar tamomlaydi. Quvonchlisi, ko‘pchilik o‘quvchilar tanlagan fanlari bo‘yicha sertifikatga ega. Buloqboshi tumanidagi 14-IDUMni bu yil 21 nafar o‘g‘il-qizlar bitiradi. Bulardan 5 nafari ingliz, 7 nafari kimyo-biologiya, 2 nafari koreys tili bo‘yicha sertifikatga egalar.
Maktabda tashkil etilgan uchrashuv davomida deputat bitiruvchilar bilan ularning kelajak rejalari, tanlagan kasblari va oliy ta’limga kirish maqsadlari haqida suhbatlashdi. U yoshlarni Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga, bilim olishdan to‘xtamaslikka va o‘z ustida doimiy ishlashga chaqirdi.
Shuningdek, deputat o‘quvchilarga mamlakatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. So‘ng Yangi O‘zbekiston kelajagi yo‘lida yoshlarning harakatiga alohida to‘xtaldi.
Lekin ba’zi yoshlar tomonidan mayda bezorilik, huquqbuzarlik holatlari ko‘payayotganini afsus bilan tilga oldi. Shu bilan birgalikda yoshlarni tarbiyasi haqida va bo‘sh vaqtdan hamda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishi kerakligini aytib o‘tdi.
O‘quvchilar yakunda o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar va ularga deputat tomonidan kerakli maslaxatlar berib o‘tildi.