Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar Qumariq mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan tanishdi.
янв.21
Toshloq tumanida 53-Oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUN USTUVORLIGI VA HUQUQIY XIZMATLAR SIFATI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT va Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Mehnatobod MFY binosida mahalla yettiligi a’zolari va faollar ishtirokida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Zarkent mahallasida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
“Madad” NTT va Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi o‘zaro hamkorligi: hudud rivoji va jamoatchilik nazoratining muhim omili

“Madad” NTT va Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.  O‘zaro hamkorlik Memorandum hudud rivoji va jamoatchilik nazoratining muhim omili sifatida qabul qilnmoqda.

Bugungi kunda hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini joyida hal etish va ochiq boshqaruv tizimini shakllantirishda davlat organlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlari (NTT) o‘rtasidagi hamkorlik alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, Xalq deputatlari Kengashi va Madad NTTlar o‘rtasidagi tizimli hamkorlik hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Hamkorlikning huquqiy asoslari

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi va “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar NTTlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini mustahkamlab beradi.

Shu asosda Xalq deputatlari Kengashlari doimiy komissiyalari faoliyatiga Madad NTT vakillarini jalb etish, eshituv va muhokamalarda ularning takliflarini inobatga olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.

Amaliy hamkorlik yo‘nalishlari

Madad NTT va Xalq deputatlari tuman Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda samarali natija erishish rejalashtirilgan:

1.  Hududiy dasturlarni ishlab chiqish va monitoring qilish

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tayyorlashda NTTlarning tahliliy xulosalari va jamoatchilik fikri muhim o‘rin tutadi.

2.  Ijtimoiy himoya va aholi bilan ishlash

Kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashda NTTlar amaliy ko‘mak beradi.

3.  Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

Hududlarda ekologik muammolarni aniqlash va bartaraf etishda jamoatchilik tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi.

•  Jamoatchilik eshituvlari va ochiq muloqotlar

Kengash sessiyalari oldidan muhim masalalar bo‘yicha NTTlar ishtirokida ochiq muhokamalar tashkil etiladi, Hamkorlik natijasida qarorlar qabul qilishda shaffoflik ortadi, aholining ishonchi mustahkamlanadi, muammolarni aniqlash va hal etish tezlashadi, jamoatchilik nazorati samaradorligi oshadi

Xulosa qilib aytganda

Madad NTT va Xalq deputatlari Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik — bu davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonch ko‘prigidir. Mazkur hamkorlikni yanada rivojlantirish orqali hududlarda barqaror taraqqiyotga erishish, aholi farovonligini oshirish va ochiq boshqaruv tamoyillarini mustahkamlash mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz 

https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman

https://youtube.com/@xd_dustlik_deputatlar_kengashi

Slide 1 of 4