Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ustoz va murabbiylar ishtirokida ma’naviyatga bag‘ishlangan suhbat
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlar Xamrak MFYda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda hududdagi muammolar muhokama qilindi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yakkavut MFYda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Toshloq tumanida ayollar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
MUNOSABAT

QARDOSHLIK VA ISHONCHGA ASOSLANGAN HAMKORLIK – BARQAROR TARAQQIYOT GAROVI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi bugungi kunda mintaqamiz hayotida muhim siyosiy voqea bo‘ldi. Bu tashrif ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida navbatdagi tarixiy qadamdir.

Prezidentlar darajasidagi ochiq va samimiy muloqot, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan siyosat – bugungi kunda xalqimiz farovonligiga xizmat qilayotgan amaliy harakatlardir. Savdo-iqtisodiy, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va madaniy sohalarda erishilgan kelishuvlar ikki davlatning manfaatlarini uyg‘unlashtirib, o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlamoqda.

Davlatimiz rahbarining “Qo‘shni davlatlar bilan do‘stlik – bu bizning siyosatimizning eng muhim ustuni” degan g‘oyalari Tojikiston bilan aloqalarda o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda. Bu nafaqat siyosiy doiradagi yaqinlik, balki xalqaro maydonda mintaqamizning obro‘-e’tiborini oshiruvchi omildir.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi qardoshlik, madaniy yaqinlik va o‘zaro ishonch – tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotning poydevoridir. Bu jarayonlarda ikki davlat rahbarlarining donishmandona siyosati, keng tafakkuri va xalq manfaati yo‘lidagi qat’iyati asosiy o‘rinni egallaydi.

Biz, xalq vakillari sifatida, ushbu tashrifni yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va mintaqaviy birdamlikning mustahkamlanishiga xizmat qiluvchi tarixiy voqea sifatida qabul qilamiz.

Zero, bunday tashabbuslar orqali O‘zbekistonning xalqaro nufuzi yanada yuksaladi, har bir fuqaroda milliy g‘urur va ishonch tuyg‘usi kuchayadi.

 Aksavli Tumishova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi,

Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati