Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ustoz va murabbiylar ishtirokida ma’naviyatga bag‘ishlangan suhbat
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlar Xamrak MFYda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda hududdagi muammolar muhokama qilindi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yakkavut MFYda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Toshloq tumanida ayollar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Parkent tumanida “Akva park” qurilishiga start berildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan bugungi kunda Parkent tumani keng bunyodkorlik maydoniga aylangan. Bunda Parkent tumanining infratuzilmasi takomillashib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.Bugun ana shunday hayotbaxsh loyihalardan biri “Qayilma” mahallasining 20 gektar maydonida zamonaviy attraksionlar bilan jihozlangan “Akva park” qurilishiga start berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir, Parkent tuman hokimi Sardor Isoqulov, viloyat boshqarmasi rahbarlari, deputatlar, hududdagi fermerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, “Qayilma” mahallasi, Gulbog‘ massivi (markaziy yo‘l bo‘yi)da barpo etiladigan “Akva park” haqida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, respublikada yagona bo‘lgan loyihaning qiymati 30 mln. dollar bo‘lib, unda istirohat bog‘i, savdo do‘konlari, 3 ming o‘rinli amfiteatr, ochiq va yopiq suzish havzasi ishga tushiriladi.Yilning 4 fasliga mo‘ljallab barpo etiladigan “Akva park”ning ochiq suv havzasi yosh bolalar, kattalar va keksalar uchun alohida bo‘ladi. Kattalar uchun suv havzasida tog‘ stellasi o‘rnatilib, tabiiy to‘lqinlarni beruvchi effektlar bilan boyitiladi.Shuningdek, attraksionlar, tapchanlar, dekorativ qasrlar, mehmonxona, Parkent dalalarida yetishtirilgan mevalar savdosi uchun kichik bozorcha, favvoralar, avto turargohlar barpo etiladi.Parkentning turizm
salohiyatini namoyish etuvchi mazkur loyiha ishga tushurilgach, yiliga 100 ming sayyohni jalb qilinishi ko‘zda tutilmoqda.“Akva park” 2026 yilning III choragida ishga tushishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda tuman aholisidan 500 nafar kishi ish o‘rniga ega bo‘ladi.
 

Slide 1 of 10