Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ustoz va murabbiylar ishtirokida ma’naviyatga bag‘ishlangan suhbat
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlar Xamrak MFYda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda hududdagi muammolar muhokama qilindi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yakkavut MFYda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Toshloq tumanida ayollar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq Deputatlari Boyovut tumani Kengashi 25-Navbahor saylov okrugi deputati Jumavoy Rahmonqulov o‘z tashabbusi bilan paxta terimida fidokorona mehnat qilayotgan terimchilar huzuriga bordi. 

Uchrashuv jarayonida deputat mehnatkash insonlarning yurt ravnaqi, iqtisodiy barqarorlik va xalq farovonligi yo‘lidagi xizmatlarini yuksak qadrlab, ularga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Dildan kechgan suhbat chog‘ida terimchilarga kuch-g‘ayrat, mustahkam salomatlik va oilaviy farovonlik tilandi. Shu bilan birga, ularning mehnatini qadrlash va rag‘batlantirish maqsadida esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur uchrashuv terimchilar ruhini ko‘tarib, ularni yanada mas’uliyat bilan, shijoat va tashabbuskorlik bilan samarali mehnat qilishga undadi. Bu kabi e’tibor va ehtirom esa xalqimizning fidoyi mehnatkashlariga bo‘lgan hurmat va e’tiqodning yaqqol ifodasidir.

Slide 1 of 7